Yangilik 28.02.2023 370

Shveysariyaning “MA Group AG” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

✅Joriy yilning 28-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova va Shveysariyaning “MA Group AG” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ilmiy faoliyat va xalqaro maʼlumotlar bazalariga oid masalalarni muhokama qildilar, shuningdek, MA Group AG kompaniyasining Oʻzbekiston ilmiy hamjamiyatining nashriyot faolligini oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar. Kompaniya vakillari olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.

Suhbat davomida World Scientific and Begell House ilmiy resurslaridagi foydalanish statistikasi bo’yicha muhokama bo’lib o’tdi. Shuningdek, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida akademik yozuvlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlar tashkil etish, maqola yozish va yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop etishga qadar jarayonlarni monitoring qilish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar MA Group AG Oʻzbekiston universitetlari uchun ularning ilmiy va taʼlim faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maxsus  “Publishing service”ni ishlab chiqishga kelishishdi.