Yangilik 12.03.2023 336

Islom taraqqiyt banki (IsDB) bilan ilm-fan va innovatsion faoliyat bo'yicha hamkorlik kengaymoqda

Joriy yilning 9-mart kuni Innovatsion rivojlanish agentligi Ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiya va xorijiy grantlarni jalb etish bo‘limi tomonidan Islom taraqqiyot banki (IsBD)ning O‘zbekistondagi vakili Xusan Xasanov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, agentlik tomonidan olimlar, ilmiy va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion hududlarda amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan ishlar, shuningdek, Islom taraqqiyot banki (IsDB) tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. IsBD vakiliga agentlik tomonidan tayyorlangan istiqbolli loyihalar portfeli taqdim qilindi va undagi loyihalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida, IsBD tomonidan islom moliyalashtirish mexanizmlari asosida "INNO" va Yoshlar texnoparklarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va yangi infratuzilmalarni joriy etish, agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy ekspert-konsultantlarni jalb etish, ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, startap ekotizimni rivojlantirish hamda Reverse Linkage dasturi orqali IsDBga a’zo davlatlar o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat bo‘yicha bilim va tajribalar almashish bo‘yicha hamkorlik qilish taklif qilindi.