Yangilik 15.03.2023 178

Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialining xodimlari va talabalari uchun tashkil etilgan "Ilmmetriya va xalqaro ma'lumotlar bazalari" mavzusidagi o'quv seminar

Joriy yilning, 15 mart kuni ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish bo'limi boshlig'i Diana Abdumuminova, ustivor yo'nalishlar samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshlig'i Xojiabror Yakubov "MMFI" Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialida xodimlari va talabalari uchun tashkil etilgan "Ilmmetriya va xalqaro ma'lumotlar bazalari" mavzusidagi o'quv seminarida ma'ruza bilan ishtirok etishdi.  

Seminar davomida Markaz xodimlari Scopus, Web of Science ma'lumotlar bazalari haqida batafsil ma'lumot berishdi. Shuningdek, SpringerLink, hamda Proof-reading ilmiy axborot platformasi haqida gapirib o'tishdi. Tadbir so'ngida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.  

Eslatib o'tamiz, vamlakatimizdagi 150 ta oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga "Web of Science" ilmiy resurslaridan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati berilgan.