Yangilik 23.03.2023 377

Avstriyada kontrakt summasi arzon davlat universitetlari anchagina va ayrim davlat oliygohlarida oʻqish bepul

Oʻqish pulli davlat universitetlarida ham kontrakt summasi qimmat emas – odatda bir semestr uchun 730 yevro atrofida kontrakt toʻlanadi (ayrim yoʻnalishlar uchun yiliga 7500 yevrogacha kontrakt toʻlanadi, lekin bundaylari kam).

Lekin Avstriyaning davlat universitetlarida aksariyat dasturlar faqat nemis tilida yoki nemis va ingliz tilida oʻqitiladi. Faqat ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar juda koʻp emas.

Quyida oʻqish bepul yoki kontrakt summasi arzon boʻlgan 3 ta Avstriya oliygohini keltirib oʻtamiz.

1. FH Vorarlberg University of Applied Sciences. Mazkur universitetda oʻqish bepul.

Mahalliy talabalar ham, xorijiy talabalar ham oʻqish davomida faqat Talabalar ittifoqi badalini toʻlaydi. Bu badal, 2023-yil mart oyi holatida, 1 semestr uchun 21,20 yevroni (taxminan 23 AQSh dollari) tashkil qiladi.


2. University of Vienna (Vena universiteti). Bu oliygohda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari 1 semestr uchun 726,72 yevro (taxminan 782 AQSh dollari) kontrakt summasi (tuition fee) toʻlaydi.

Bundan tashqari, har semestr 21,20 yevro (taxminan 23 AQSh dollari) miqdorida Talabalar ittifoqi badali ham toʻlanadi.


3. Medical University of Vienna (Vena tibbiyot universiteti). Bu oliygohda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari 1 semestr uchun 726,72 yevro (taxminan 782 AQSh dollari) kontrakt summasi (tuition fee) toʻlaydi.

Bundan tashqari, har semestr 21,20 yevro (taxminan 23 AQSh dollari) miqdorida Talabalar ittifoqi badali ham toʻlanadi.

Eslatma: Avstriyada faqat davlat universitetlarida kontrakt narxi arzon yoki oʻqish bepul. Xususiy universitetlarda kontrakt narxlari odatda yiliga 3000 yevrodan 35 000 yevrogacha boʻladi (universitet, yoʻnalishga qarab farq qiladi).