Yangilik 26.03.2023 326

Joriy yilning 23-25 mart kunlari Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Diana Abdumuminovaning Tatariston Respublikasida xizmat safari davomida N.I.Lobachevskiy nomidagi ilmiy kutubxonasiga va Qozon Federal universitetida bo'ldi

Joriy yilning 23-25 mart kunlari Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Diana Abdumuminovaning Tatariston Respublikasida xizmat safari davomida N.I.Lobachevskiy nomidagi ilmiy kutubxonasiga va Qozon Federal universitetida bo'ldi. 

Safar davomida  N.I.Lobachevskiy nomidagi ilmiy kutubxona direktori Strukov Evgeniy Nikolaevich va direktor oʻrinbosari Leksina Yuliya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va tomonlar ilmiy axborotning aspektlari, markazning kutubxonalardagi axborot madaniyatini shakllantirish, ilmiy izlanuvchilar, hamda tashkilotlar faoliyatini baholashda ilmmetrik ko'rsatkichlar, hamda  O‘zbekiston Respublikasining ilmiy jamoatchiligi uchun o‘tkaziladigan onlayn kurslar to'g'risida kelishib olindi.     

Shunigdek, safarda davomida Tatariston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Pedagogika fanlari doktori, Professor, “Taʼlim va oʻz-oʻzini rivojlantirish” ilmiy pedagogik-psixologik jurnalining bosh muharriri Roza Alekseyevna Valeyeva bilan uchrashib, pedagogik taʼlim tadqiqotchilarining xalqaro hamjamiyati va tadqiqotlarni muvofiqlashtirishda yagona raqamli platformani yaratish bo'yicha muhokamalar olib borildi.   

Safar davomida Qozon Federal universitetining tashqi aloqalar boʻyicha prorektori Alishev Timirxan Bulatovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar ilmiy loyihalarni ekspertiza qilish, Oʻzbekiston OTM va ITM professor-oʻqituvchilarining nashr etish faolligini oshirish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida Ilmiy-texnik axborot markazi va KFU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.