News 19.04.2023 142

Guliston davlat Pedagogika institutida Ilmmetriya Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida” mavzusidagi oʻquv seminari bo'lib o'tdi

Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Diana Abdumuminova va ustuvor yoʻnalishlar samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi Xojiabror Yakubov Guliston davlat  Pedagogika institutida "Ilmmetriya Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida” mavzusidagi oʻquv seminarda maʼruza bilan ishtirok etishdi.

Seminarda institut xodimlari va magistratura talabalari ishtirok etishdi. Maʼruza davomida  Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazalari, shuningdek SpringerLink, Proof-reading ilmiy axborot platformalari haqida maʼlumotlar berildi.  Tingluvchilar bilan Scival va InCites ilmmetrik vositalaridan foydalanish usullari, muallif va tashkilot profilini yaratishning mansubligi masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Seminar soʻngida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.