Joriy yilning 11-12-may kunlari Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi D.Abdumuminova va Ustuvor yoʻnalishlar samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi X.Yakubov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot instituti, hamda U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti xodimlari va talabalari uchun “Ilmmetriya asoslari va xalqaro maʼlumotlar bazalari” mavzusidagi oʻquv seminarda maʼruza bilan ishtirok etishdi.