Yangilik 15.05.2023 74

Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasi va uning vositalaridan foydalanish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Bugun, 16-may kuni Jahon banki tomonidan Oʻzbekistonga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirish loyihasi va Ilmiy-texnik axborot markazi hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi.


Seminarni Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural Federal universitetining Ilmmetriya laboratoriya mudiri M.A. Akoyev  olib bordi. Seminarda oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro bazalar boʻyicha masʼul xodimlari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi. M.A.Akoyev trening davomida  Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasi va uning vositalaridan foydalanish masalalari haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, mutaxassis Web of Science vositalari bilan tashkilot profilining chuqur tahlilini oʻtkazish va maʼlumotlar bazasidan foydalanishdagi kamchiliklarni  aniqlash boʻyicha amaliyotlarni boʻlishdi. Masʼullarga  maʼlumotlar bazasidan toʻgʻri  foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.