Yangilik 19.07.2023 408

INDONEZIYA BILAN XUSUSIY UNIVERSITETLAR FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILADI

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov shu kunlarda yurtimizda bo‘lib turgan Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori Eco Sri Margianti xonim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqotda Gunadarma universiteti va Buxoro davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari natijasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari, sun’iy intellekt va IT sohasidagi fakultetlarning ochilishi ushbu aloqalar rivojining yorqin namunasi sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, universitetlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, ularning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida tajriba almashishga kelishildi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, bugungi kunda Indoneziyada 250 ta davlat va 4600 ta xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, ularda 10 mln ga yaqin talaba-yoshlar tahsil oladi. Vazir ushbu xususiy oliy ta’lim muassasalari bilan ishlash tajribasi O‘zbekitonda ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.


Batafsil ushbu havolada.