Yangilik 20.08.2023 183

TTPUda elektrotexnika va hisoblash konvergensiyasi boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazildi

16-19-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida elektrotexnika, hisoblash konvergensiyasi va ularning amaliyotda qo’llash bo‘yicha xalqaro konferensiya — “International Conference on Electrical Engineering & Computing Convergence and Applications 2023” (ICEE-CCA 2023) bo‘lib o’tdi.


Gibrid formatda (offlayn va onlayn) o‘tayotgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo’llash, energiya taqsimotini nazorat qilish, sun'iy intellekt va tizim konvergensiyasi, yashil tabiatga zarar keltirmaydigan intellektual transport tizimlari, geomatik muhandislik hamda qurilish loyihalarini modellashtirish kabi mavzularga oid bir qancha ilmiy maqolalar va izlanishlar muhokama qilinishi ko’zda tutilgan.


Xalqaro konferensiyaning asosiy tashkilotchilari:


• KIEE-Electro-physics & Application Society;

• Koreya Milliy Transport Universiteti

• Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti;

• Korean Society of Computer information;

• Turin Politexnika Universiteti (Italiya);

• Muxammad al-Xorazmiy nomli Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti hisoblanadi.


Tadbir doirasida Korea sanoat korxonalari va Oʻzbekistondagi innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, mehmonlar u yerdagi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lishdi.


Shu bilan birga TTPU, Koreyaning Daejeon University va Korea Kompyuter axboroti jamiyati bilan birgalikda o’zaro hamkorlik to‘g’risida memorandum imzolandi.