Yangilik 14.11.2023 69

✅Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Jizzax politexnik institutida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar.

Joriy yil 15-noyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi hodimlari  Jizzax politexnika institutida oʻtkazilgan “Qishloq xoʻjaligi, paxta va yengil sanoatda texnologik hamda ekologik muammolarining innovatsion yechimlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etishdi.


Halqaro anjuman plener yigʻilishida Markaz direktor oʻrinbosari, t.f.d, professor Farxod Rahimov “Oliy taʼlim, fan va biznes integratsiyalashuvi samaralari” mavzusida qishloq xoʻjaligi, paxta, toʻqimachilik va yengil sanoatda fan, taʼlim va ishlab chiqarishi integratsiyasi, innovatsion jarayonlar hamda sohalar rivojiga oid istiqbolli ilmiy amaliy yondashuvlar haqida maʼruza qildi.


Shoʻba yigʻilishlarida esa tadqiqot laboratoriyalarining yagona elektron bazasi (https://slab.gov.uz/) haqida, shuningdek, toʻqimachilik va yengil sanaoatni barqaror rivojlantirish, mahalliy xom ashyo (paxta, bazalt va h.k.)ni chuqur qayta ishlab qoʻshimcha qiymat yaratish, import oʻrnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish muammolarning innovatsion yechimlariga oid mavzularda maʼruzaga chiqildi.