Yangilik 14.11.2023 48

✅Ilmiy-texnik axborot markazi va Koreya Respublikasining SRPOST tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktor oʻrinbosari Raimjonov Xurshid va Ilmmetriya tadqiqotlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Abduraxmanova Diyara Koreya Respublikasida xizmat safari davomida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.


Hozirda davom etayotgan safar davomida Wego, City Net tashkilotlari, Seul hokimiyati va SRPOST tashkilotlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvda Markaz xodimlari yoʻnalish va faoliyat haqida maʼlumotlar bilan alshishdi. Suhbat davomida Koreya davlati tashkilotlari tomonidan qiziqish bildirilib, hamkorlik istiqbollari boʻyicha muzokaralar olib borildi. 


Uchrashuvlar natijasida, kecha, 14-noyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi va SRPOST tashkiloti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.