16-yanvar kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshidagi Botanika bogʻida biotexnologiya laboratoriyasining ochilish marosimi boʻldi.
Tantanali ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi mutasaddilari, Botanika instituti masʼullari, akademiklar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Laboratoriya Fanlar akademiyasi Botanika instituti negizida tashkil etilgan boʻlib, u Botanika bogʻi kolleksiyasini toʻldirish uchun istiqbolli turlarni in vitro sharoitida mikroklonal koʻpaytirish protokolini ishlab chiqishga moʻljallangan.