Yangilik 09.07.2024 27

Yuridik universiteti vakillari Xitoy Xalq respublikasining Uxan shahrida bo‘lib o'tgan central China Normal Univesiteti rahbariyati bilan uchrashdi.

Xitoy Xalq respublikasining Uxan shahrida bo‘lib turgan universitetimiz vakillari Central China Normal Univesiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Bu universitet dunyo reytingida Top 500 reytingda turuvchi nufuzli oliygoh hisoblanadi. Xalqaro ishlar bo‘yicha vitse president Zhang Yichuan va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hong Feng delegatsiyamiz vakillarini iliq kutib olishdi. Delegatsiya a’zosi Kuldasheva Zebo magistratura bosqichini shu universitetda muvaffaqiyatli tugatganligi yangi hamkorlik eshiklarini ochdi.

Xususan, universitetda Xitoy markazini ochish va yozgi maktablarda talabalar va professor o‘qiruvchilar almashinuvi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Keyingi muhim uchrashuv Uxan universitetining Jurnalistika va kommunikatsiya fakulteti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi. Fakultet dekani Zhang va professor Ji Lilar bilan birgalikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida lohiyalar ishlab chiqish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. So‘nggi uchrashuv Xalqaro ta’lim fakulteti dekani professor Chen bilan bo‘lib, xalqaro talabalar o‘rtasida konferensiyalar tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.