Yangilik 30.07.2024 26

BRB FinTech Hackcelerator

Umumiy maʻlumotlar

Biznesni rivojlantirish banki innovatsiyalarni yaratish va ularni rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarga ega yoshlar uchun “BRB Fintech Hackcelerator” tanlovini taqdim etadi. Tanlovda maksimal 35 tagacha jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Saralash onlayn tarzda bank va uning hamkorlari tomonidan oʻtkaziladi.

Dastur bir oy davom etadi hamda ushbu vaqt davomida ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar rahbarligida/mentorligida loyihalar ustida ishlash boʻyicha noyob tajribaga ega boʻlishadi va eng yaxshi loyiha egalari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Dasturda qatnashchilarning malakasini oshirishga va muvaffaqiyatli fintech yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradigan bootcamp va master-klasslar oʻtiladi, tajribali ustozlar tomonidan yangi gʻoyalarni yaratish, qiyinchiliklarni yengish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beriladi. Shuningdek, muvaffaqiyat yoʻlida ishtirokchilarga yordam beradigan fikrdosh insonlar, hamkorlar va investorlarni topish imkoniyati mavjud.

Dasturdan asosiy maqsad innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, isteʼdodlarni qidirish va MVP ega boʻlishdan iborat.

Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Roʻyxatdan oʻtish (iyul);
  • Vazifalar taqdimoti va jamoalar aniqlanishi (iyul);
  • Jamoaviy ish / Butkemplar (avgust);
  • Demo kuni va taqdirlash marosimi (sentyabr).

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.


Maqbullik shartlari

  • Dasturga qiziqqan barcha 3-6 kishidan iborat jamoa tashkil qilgan holda qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi dolzarb vazifalarni hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoya taklif qilishlari lozim;
  • Jamoa aʼzolari 2024-yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha mavjud boʻlishlari kerak;
  • Jamoalar tarkibi quyidagicha shakllantirilishi lozim:
    • Kapitan — Loyiha boshqaruvchisi (Project Manager);
    • Tahlilchi (Analyst);
    • Dizayner (Designer);
    • Dasturchilar (Developers).

Muhim: Jamoa aʼzolari bir nechta jamoada boʻlishlari va roʻyxatdan oʻtgandan soʻng jamoa tarkibini oʻzgartirish mumkin emas.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Motivatsion video (ixtiyoriy);
  • Jamoa nomi va jamoa aʼzolari soni;
  • Har bir jamoa aʼzosining toʻliq ismi, vazifasi va ularning shaxsiy maʼlumotlari.

Ariza topshirish yakunida nomzodlar ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirishlari kerak.

Eslatma: Arizalarni oʻzbek, ingliz va rus tillarida topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-iyul, 2024-yil;
  • Tel: +998 20 012 90 24/+998 78 150 93 39;
  • Tanlov haqida qoʻshimcha savollar bilan Telegram orqali murojaat qilish mumkin.