Yangilik 09.08.2024 42

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Sergeli tumani "Mehrigiyo" mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

👥 Rektor xonadonlarga tashrif buyurib, yoshlarning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Ularning orzu-maqsadlari, muammo va takliflarini tingladi, yoshlarning ota-onalari bilan muloqot qildi. Yoshlar bilan manzilli ishlashni davom ettirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ularga keng imkoniyat yaratish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savol va takliflar tinglanib, yuzaga kelgan kamchiliklar o‘rganildi. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlarga kasb-hunar egallash, axborot texnologiyalari va chet tillarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun tegishli maslahatlar berildi.