✅ Joriy yilning 26-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari hususan, MIA Teknoloji kompaniyasi ijrochi direktori Erman Erkazan, biznesni rivojlantirish departamenti rahbari Muhammed Furkan Paltaci, Gazi Technopark boshqaruv raisi Elif Bashak TEKSIN, IMPRESS IT kompaniyasi rahbari Mustafa Korkmaz tashrif buyurdi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi” doirasida imzolangan hamkorlik memorandumlarida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari tahlil etilib, ularni amaliy bosqicha ko‘tarish, birgalikda qo‘shma loyihalarni bajarishga kelishib olindi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiya va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari vakillari tomonidan Universitetda xalqaro IT-loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlanib, birgalikda ishlash uchun doimiy tayyor ekanligi bildirildi.
Ma’lumot uchun:
Ayni kunlarda Toshkentda, O‘zbekiston va Turkiya yetakchi biznes vakillari ishtirokida O‘zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forum davomida TATU va MIA Teknoloji, Bilkent cyberpark, GaziTechnopark o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.