Yangilik 24.07.2024 6

TATUda “The 10th International Symposium on Advanced and Applied Convergence & The 10th International Conference on Advanced Culture Technology-IICCC 2024” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tadi.

📣 Joriy yilning 24-Iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot  texnologiyalari univeritetida “The 10th International Symposium on Advanced and Applied Convergence & The 10th International Conference on Advanced Culture Technology-IICCC 2024” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tadi.

🎤 Ushbu anjumanga bir qator xalqaro spikerlar taklif etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ushbu yetakchi tashkilot faoliyatiga mos turli, ilmiy texnikaviy va kasbiy yo‘naltirilgan munozara va muhokamalar imkonini yaratadi.

😀Ma’lumot o‘rnida: Bu IPAKT va IIBC (Janubiy Koreya) tomonidan xorijlik ekspertlar ishtirokida turli texnologik yangiliklarni muhokama qilish va dunyo AKTni rivojlanishining ilmiy-texnik asoslarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan, O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjumandir. Anjuman doirasida konferentsiya materiallari an’anaviy tarzda quyidagi jurnallarda chop etiladi:

1. IPACT tomonidan chop etilgan IJACT (International Journal of Advanced Culture Technology).
2. IIBC tomonidan nashr etilgan IJIBC (International Journal of Internet, Broadcasting and Communicatoin) (http://www.iibc.kr/eng).
3. IIBC tomonidan nashr etilgan IJASC (International Journal of Advanced Smart Convergence) (http://www.iibc.kr/eng).

ISBN raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tgan va KSCI ma’lumotlar bazasida indekslangan (VAK Janubiy Koreya).
🎓 Barcha olimlar, talabalar, tadqiqotchi va magistrlarni mazkur anjumanga taklif etamiz!