Yangilik 20.07.2024 11

Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (NCUT) vitse-prezidenti Wang Jianwen boshchiligidagi delegatsiya TATUga ilk bor tashrif buyurishdi.

💬 Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo‘lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o‘rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o‘rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Tashrif davomida universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, so‘nggi amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.