Yangilik 17.07.2024 6

2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 4-kuni boʻlib oʻtmoqda

💻  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEkspo markazi hududidan joy biriktirilgan.

🗒 Ma’lumot uchun, joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 865 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.