Yangilik 13.07.2024 7

TATUni transformatsiya qilish, muhandislik maktablarini joriy qilish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan hamda dual ta’limni joriy etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini transformatsiya qilish, muhandislik maktablarini joriy qilish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan hamda dual ta’limni joriy etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash maqsadida xorij tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚙️ Shu maqsadda, soʻnggi 30 yil ichida dunyoning 105 ga yaqin mamlakatlari hukumatlari va universitetlarida transformatsiya jarayonlari uchun maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan oliy taʼlim boʻyicha global ekspert – Dr.Jamil Salmi bilan muhokama o‘tkazildi.

Unda oliy taʼlimda moliyaviy barqarorlik, sifatni taʼminlash, TOP universtetlarni yaratish va strategik rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, TOP universitetlarda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.