💻 Joriy yilning 6-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari — kafedralar, boshqarmalar rahbarlari, prorektorlar, rektor boshchiligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Muhandislik maktabi laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.
🗒 Universitet vakillari mazkur maktabda tashkil etilgan 6 va 10 oylik malaka oshirish kurslari, unda soha mutaxassislari qaysi yo‘nalishlarda va qanday texnikalarda malaka oshirayotgani, shuningdek, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
💬 Muhandislik maktabi va universitet o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, texnik bilimlarni oshirish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va sohada yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.