Yangilik 08.07.2024 7

5-iyul kuni TATUda magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo‘lib o‘tdi.

5-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirdi hamda ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosim nafaqat magistrlar uchun, balki ularning oila a’zolari va do‘stlari uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.