Yangilik 29.11.2024 4

Navoiy viloyatida mikro GESlar qurish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etdi.

Tashrifning ikkinchi, yaʼni 29-noyabr kuni ishchi guruh “Gidrostankoservis” MCHJ hududida boʻldi. Korxona imkoniyatlari hamda shu korxonaga kichik GES qurish yuklatilgan joy, yaʼni “Uzatma-1” kanalining suv resurslari va infratuzilmasi oʻrganildi.


Korxona tomonidan quvvati 20 kVt bo‘lgan gidroagregat loyihasi va dastlabki uskunalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar ushbu qurilmalarning texnik imkoniyatlarini tahlil qilib, loyihaning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.


Mazkur tashrif hududdagi energiya ta’minotini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarning muhim bosqichi bo‘ldi.