Besh yillik ilmiy tadqiqot va tajribalardan so'ng LG Display kompaniyasi nafaqat 50% gacha cho'zilsa, balki turli usullarda bukilsa ham mahsulotga zarar yetkazmaydigan innovatsion displey prototipini taqdim etdi.
Displey har qanday turdagi qaylamga yopishtirilishi va qo'llanishi mumkin. Bu yangilik moda sanoatida ham inqilob yasashi mumkin, deb hisoblaydi:
"Biz real vaqtda dizayni va rangni o'zlashtirish imkoniga ega maxsus kiyimlarni ishlab chiqarishimiz mumkin. Bu yangilik moda sanoatida katta birilish yasaydi. Tikuvchilik materiali uchun displeylardan foydalanish hech qachon eskirmaydigan kiyimlar modelini yaratish uchun imkoniyatlarni ochib beradi", deydi moda dizaynerlari Yun Xi Pak va Chung Chung Li.