Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan 253 ta ilmiy loyihaning bajarilishini o‘rganish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi va Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari hamda mustaqil ekspertlardan iborat ishchi guruhlar 16-21-dekabr kunlari monitoring o‘tkazmoqda.
Hususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi jami 110 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar bevosita joylarda o‘rganilmoqda.
Monitoring jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarining imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilishi, ijrochi tashkilot tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi, qo‘lga kiritilgan muhim ilmiy natijalar va ularning mavjud ehtiyojlarga mosligi, davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli sarflanganligi, ilmiy asbob-uskunalar xaridi, nufuzli mahalliy va xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish natijalari o‘rganilishi rejalashtirilgan.