Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasi dunyodagi eng qimmat xususiy startapga aylandi.
Maʼlumotlarga koʻra, investorlar startap egasiga kompaniya aksiyalarini sotib olish taklifini berganidan soʻng qimmatbaho qogʻozlar 25 foiz qimmatlashib, raketa va yoʻldoshlar ishlab chiqaruvchining bozor qiymati 350 mlrd dollarga yetdi.