Yangilik 29.06.2021 379

«Yoshlar kuni» — o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalovchi bayram

O‘zbekiston aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishi xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligiga aylantirgan. Hozirda yosh avlodni o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab masalalar va muammolar yechimiga xizmat qiladigan, aksariyat savollarga amaliy javob beradigan, bir so‘z bilan aytganda, yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan, ertamiz egalarining qalbida ishonch uyg‘otadigan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” va «Bo‘lajak olim» tanloviga yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy loyihalari uchun 50 mlrd. so‘m pul mablag‘i ajratilgani bunga yaqqol misoldir. 

Shu paytacha esa yoshlar uchun «Uchinchi renessans – yoshlar nigohida», "Urban.Tech.Uzbekistan” hakatoni, «2020 yilga 20 ta eng yaxshi startap loyihalari» tanlovlari e’lon qilindi va g‘oliblar mukofotlandi. Chekka hududlarda yashovchi yoshlarning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida bilim olishi, ularda innovatsion intellektual muhitni shakllantirish maqsadida “TexnoBus” texnologik platformasi Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarining chekka hududlarini qamrab oldi. 

Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, mamlakatimizdagi barcha yoshlarni kelajakda davlatimiz rivoji uchun hissa qo‘shadigan loyihalar yaratishlarida, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiritishdagi sa’y-harakatlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Ibrohim Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik