Yangilik 27.06.2021 145

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunni tahliliy oʻrganish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi

Seminar-trening Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi masʼul xodimlari hamkorligida oʻtkazildi. Unda Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi “Davlat byudjeti gʻazna ijrochisi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Boltayev Sanjar Botirovich tomonidan yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun va qonun osti hujjatlari talablari, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yetarli darajada tushuntirish hamda maʼlumotlar berildi. 

Tadbirning mavzuga oid savol-javoblar qismi muhokamasi tahliliy bahs-munozaralar, muhokamalar yoʻnalishida qizgʻin oʻtdi. Bunda ishtirokchilar oʻzini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar. Shu bilan birga kelgusida kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun zamin yaratildi.