Yangilik 27.06.2021 112

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining “hind” shtammiga qarshi ta’siri o‘rganilyapti

Tekshiruv natijalari haqida ikkita ilmiy maqola tayyorlangan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: https://doi.org 

Mazkur ikkita tadqiqotlar ZF2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda. 

Muloqot davomida hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib borayotganlari, bu haqda maqola hali chop etilmagani, ammo natijalar ijobiy bo‘layotgani haqida fikr almashdilar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma’lumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, shuni ta’kidlash joizki, hozirgacha Xitoyda 90 million aholi ZF2001 vaksinasi emlangan. Ularning aksariyati vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalarini olishgan. Shu paytgacha mazkur vaksina bilan emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan.