Yangilik 24.06.2021 142

Innovatsion rivojlanish vaziri koreyalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

“SpaceUp” kompaniyasi bugungi kunda turli xil smart (aqlli) izolyatorlar hamdapalatkasimon qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu qurilmalar hozirgi pandemiya sharoitida bemorlarni davolash va ularga xizmat koʻrsatishda qoʻl kelishi taʼkidlandi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda mana shu qurilmalarni ishlab chiqarish uchun maxsus zavod qurilishi boʻyicha rejalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi Janubiy Koreyaning “CelluFab” kompaniyasi bilan hamkorlikda bio-parchalanuvchi bir martalik mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsion loyihani ham amalga oshirmoqda. Mazkur loyihaning qiymati 5,9 mln. AQSH dollari boʻlib, u 2021-2022-yillar davomida bajariladi. Bugunga kunga kelib Toshkent viloyatining Keles tumanida yer maydoni olinib, u yerda ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan qurilish ishlari boshlandi. 

Shuningdek, texnologik uskunalarni xarid qilish uchun yetkazib beruvchi korxonalarni saralash ishlari amalga oshirilmoqda.