Yangilik 07.09.2021 628

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosi joylashgan Universitet koʻchasining yopib qoʻyilgani toʻgʻrisida bayonot

7-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi oldidagi asfaltlangan yoʻl MCHJga berib yuborilgani, faqat vazirlik xodimlarigina bu yoʻldan oʻtishiga ruxsat berilgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. 

Darhaqiqat, 7-sentyabr kuni Beruniy metro bekati tomondan Universitet koʻchasiga kirish yoʻli berkitilgani va bu barcha qatori Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlariga ham noqulaylik tugʻdirganini maʼlum qilamiz. 7-sentyabr kuni vazirlikda boʻlib oʻtgan yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlar, OAV vakillari ham yoʻl yopiq boʻlgani bois vazirlikka kirishga qiynaldilar.