Yangilik 21.09.2021 607

2022-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq tasarrufida oliy taʼlim muassasa yoki ilmiy tashkilotlari boʻlgan jami 39 ta vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan 2022-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi boʻyicha buyurtmalar qabul qilindi. 

2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib, 3600 taga yetkazildi. 2021-yilda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 1800 ta boʻlgan. 

Kvotalar quyidagi mezonlarga asosan taqsimlandi: 

- 2021-yilda ajratilgan qabul kvotalarining tahlili; 

- Prezident Farmon va qarorlari, bayon topshiriqlari, Hukumat qarori, bayon topshiriqlari hamda ustuvor yoʻnalishlar;

- hududlarda soha va tarmoqlardagi ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar; 

- yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar; 

- taʼlim olayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti; 

- ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari; 

- Akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha; 

- Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini ilmiy darajali kadrlar tayyorlash institutining attestatsiya natijalari.Prezident Farmon va qarorlari, bayon topshiriqlari, Hukumat qarori, bayon topshiriqlari hamda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha: 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi.Jumladan, tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta, shundan, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt ixtisosligi boʻyicha 4 ta tayanch doktoranturaga, 6 ta stajyor-tadqiqotchilikka maqsadli kvotalar ajratildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 30-sonli yigʻilish bayoni 107-bandidagi Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga 50 ta kvotalar ajratish topshirigʻi ijrosi yuzasidan jami 67 ta maqsadli doktoranturaga qabul kvota ajratildi. 

Shundan: 

-Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga – 45 ta; -Sogʻliqni saqlash vazirligiga – 10 ta; 

-Qurilish vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ – 4 tadan;

Transport vazirligiga – 2 ta; 

-Qishloq xoʻjaligi vazirligiga va Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy va taʼlim tashkilotlarga – 1 tadan maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi ajratildi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-son Farmoni, PQ-5146, Q-5032, PQ-4963, PQ-4899, PQ-4861, PQ-4850-son qarorlari va bayon topshiriqlari hamda Hukumatning 2021-yil 18-maydagi 307-son, 2020-yil 15-dekabrdagi 786-son qarorlari va boshqa bayon topshiriqlar ijrosi yuzasidan qabul kvotalari ajratildi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga birinchi marta doktoranturaga qabul kvotalari ajratildi.Bunda Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutiga berilgan kvota xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratildi.