Islom taraqqiyot banki

King Khalid St. AI Nuzlah AI Yamania Dist. Unit No. 1
Xalqaro moliya instituti
21577
+966 12 6361400
+966 126 366 871

Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.

ITBning asosiy vazifasi: a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq  ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

ITBning qarashlari: 2020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi  taraqqiyot banki bo‘lish.

2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning  moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror  kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi. 2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy  bo‘yicha) nishonlandi. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi.

Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida  kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat  tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar. Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus  tashkilot va jamg‘armalarni  ta’sis etdi.

 Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan:

  - a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish;

  - a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;

  - loyihaviy moliyalashtirish (shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);

  - kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash (shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);

  - a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish;

  - eksportni kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;

  - a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;

  - a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda  yordam ko‘rsatish;

  - a’zo-mamlakatlarni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.

  ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

ITB  a’zo-mamlakatlarga,  davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi  qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi.  Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli  ta’sir ko‘rsatadi.

Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.