Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bo'lgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.
Jahon banki Missiyasi:
1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir.
Jahon banki tizimi:
Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bevosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korxonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA).
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi.
Jahon Banki Faoliyati:
Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaho qogʻozlar bozorlarining asosiy mablagʻ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya, zayom sotish orqali togʻridan-togʻri qarz oladi, yigʻilgan mablagʻlar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti yoʻlida ishlatiladi va ularga imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi.
Jahon banki kredir olish, uni qaytara olish darajasida boʻlgan mamlakatlar uchun mablagʻlarni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi.