Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi ilmiy jurnallari retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platforma – Uzbekistan Research Online platformasi yaratilgan.
Mazkur platforma universitetlarning xalqaro reytingga kirish va o‘zbek fanini keng jahon ilm olamiga tanitish imkonini beradi. Loyiha doirasida xalqaro texnik standartlarga mos keluvchi, retsenziyadan o‘tkaziluvchi yurtimiz OTMlarining ilmiy jurnallar butun dunyoning 700 dan ortiq yetakchi universitetlari tomonidan foydalaniladigan Digital Commons Network global tarmog‘I bilan integratsiya qilingan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya) o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan yurtimiz OTMlari ilmiy jurnallarni birlashtirgan hamda ikki marta anonim retsenziyadan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lgan noyob platformalardan biri hisoblanadi.
Mazkur platformadan dunyoning nufuzli universitetlari foydalanadi. Xalqaro platfmorma O‘zbekiston ilmiy jurnallarining sifatini oshirish, o‘zbek fanining repozitoriyasini yaratish, yurtimiz olimlarining butun jahon ilmiy hamjamiyatga qo‘shilish imkonini beradi, xalqaro ilmiy ommaning o‘zbek tadqiqotlari bilan tanishishini ta’minlaydi hamda Scopus xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan dastlabki elektron resurs sifatida tarixda qoladi.
Ilmiy jurnallar retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platformaning ishga tushirilishi oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining SCOPUS ilmiy-texnik axborotlar bazasiga kirishidagi dastlabki sezilarli qadam hisoblanadi.
Uzbekistan Research Online tashkil etilishi O‘zbekiston ilm-fanining jahonga yuz tutishida strategik muhim qadam hisoblanadi. Bu imkoniyat oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi, ilmiy jurnallarning raqobatbardoshligini ta’minlaydi, qolaversa, mahalliy olimlarni butun dunyoga ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Ilm-fanda xalqaro integratsiya uchun sifatli maydon yaratish orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ilm-fan va ta’lim bo‘yicha ishonchli qadam tashladi.