Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimni tashkilashtirish bo’yicha Normativ-huquqiy asos

 

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.77.00 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning — falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat namunalari 3 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini berishni ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

Oldingi tahrirga qarang.

4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi SP, 2012-yil, 12-son, 90-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 22-may,

304-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida

Nizom

(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

1-bob. Umumiy qoidalar

Oldingi tahrirga qarang.

1. Ushbu Nizom oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olishni tashkil etish va o‘qish tartibini belgilaydi.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;

stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

stajor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga mo‘ljallangan axborot tizimi.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:

(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

tayanch doktorantura;

doktorantura;

mustaqil izlanuvchilik;

Oldingi tahrirga qarang.

Stajor-tadqiqotchilik instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari huzurida fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish maqsadida ochiladi.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno) oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga kirishga va ta’lim olishga haqli.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha (1997-yilgacha) olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega bo‘lganlar mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosligi tegishli bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy ta’limdan keyingi ta’limda fanning turdosh sohalari bo‘yicha olish rejalashtirilganda talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlar topshirishi lozim.

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Shu bilan birga, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga fanning turdosh sohalari bo‘yicha qabul qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Bakalavriat ta’limi yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi ta’limning turli sohalariga tegishli bo‘lganda, OAK tomonidan belgilangan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlar topshirish sharti bilan, bakalavriat ta’limining yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan ta’lim sohasiga muvofiq bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasining belgilangan tartibda tayyorlanishiga va himoya qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

7. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek dissertatsiya tadqiqotlarni o‘tkazishda ularga ilmiy va o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar Kollegial organ qarori bilan ilmiy rahbarlarga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar esa — ilmiy konsultantlarga biriktiriladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultantni tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

8. Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin. 

Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2-bob. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarini ochish tartibi

(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

9. Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari o‘zlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga tayanch doktorantura yoki doktoranturani ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:

oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish bo‘yicha muassasaning muvofiqlashtiruvchi-kollegial organining (keyingi o‘rinlarda Kollegial organ deb yuritiladi) (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnik kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va h.k.) tegishli qarori;

Nizomning ilovasiga muvofiq tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktorlari to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot;

shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyatini sifatli ta’minlashda moddiy-texnik baza mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

10. Tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida kollegial organ qarorini qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli ilmiy va ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi axborot uchun OAK, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboriladi.

O‘zlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari ochilgan ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari ham mustaqil izlanuvchilik tartibida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashi mumkin.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xorijiy yoki nodavlat ilmiy yoki ta’lim tashkilotlariga oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tashkilotlarga qabul kvotasi ushbu Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq shakllantirilgan umumiy qabul kvotasi doirasida ajratiladi.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

11. Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3-bob. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tayanch doktorantura va doktorantura shaklida tashkil etish

(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

13. Tayanch doktorantura va doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun qabul kvotasi (keyingi o‘rinlarda qabul kvotasi deb ataladi), qoida tariqasida, tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tizimida ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1-iyungacha bo‘lgan muddatda Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy darajali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, amaldagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi, ta’lim olayotgan stajor-tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan izlanuvchilar va stajor tadqiqotchilar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab attestatsiyadan o‘tgan yo‘nalishlar bo‘yicha stajor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.

(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

14. Tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tegishli ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflarni har yili 10-iyungacha Yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflarni budjet parametrlari asosida ko‘rib chiqib har yili 1-avgustga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga Yagona elektron tizim orqali yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan qat’iy ravishda kelishgan holda har yili 20-avgustga qadar ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida akkredetatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan qabul kvotasini tasdiqlaydi.

Qabul kvotasi miqdorini ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlashda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda tegishli vazirlik yoki idora tizimidagi ilmiy va ta’lim tashkilotlari uchun qabul kvotasi miqdorini belgilash Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ilmiy va ta’lim tashkilotlari vazirlik va idora tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj bo‘lgan yo‘nalishlariga izlanuvchining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. To‘lov-kontrakt summasi ilmiy va ta’lim tashkilotlari tegishli bo‘ysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi.

Ilmiy va ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan o‘rinlar har yili 5-dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga ma’lumot kiritadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili 10-dekabrga qadar ortib qolgan qabul kvotalarini ilmiy va ta’lim tashkilotlarining ilmiy darajali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olib qaytadan taqsimlaydi.

Ilmiy va ta’lim tashkilotlariga qayta taqsimlangan kvotalar kirish imtihonlarida qatnashib, kirish balidan past ball to‘plagan talabgorlarning ballari ketma-ketligida amalga oshiriladi va bu haqidagi ma’lumotlar har yili 15-dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.

(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

15. Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalar har yili 1-sentabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar ro‘yxatini va qabul kvotasi miqdorini ko‘rsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to‘g‘risida e’lon beradi.

Hujjatlar ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

151. Stajor-tadqiqotchilikka kiruvchi shaxslar magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun), yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi lozim.

(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

16. Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Oldingi tahrirga qarang.

17. Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarda rektor (direktor) raisligida qabul komissiyasi tuziladi. Qabul komissiyasi a’zolari rektor (direktor) tomonidan tegishli ixtisoslik bo‘yicha yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.

(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Ixtisoslik bo‘yicha imtihonlarni topshirishda qabul komissiyasi tarkibida kamida bitta fan doktori yoki professor bo‘lishi zarur, komissiyaning qolgan a’zolari fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (PhD) bo‘lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

19. Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Oldingi tahrirga qarang.

20. Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Oldingi tahrirga qarang.

(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

22. Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Kirish imtihonlari savollari ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.

Stajor-tadqiqotchilik va doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yo‘nalishlarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabgor mutaxassislik fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.

(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

23. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1 — 25-noyabr davrida o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

24. Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi va (yoki) Kollegial organ tomonidan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.

(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlariciz qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bir necha talabgorlarning stajor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:

(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

a) stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga:

(24-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

magistraturani a’lo baholar bilan tamomlaganlar;

mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;

jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar;

b) doktoranturaga:

5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;

mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;

Oldingi tahrirga qarang.

monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar;

(24-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar.

(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 684-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son)

Oldingi tahrirga qarang.

25. Qabul komissiyasi tayanch doktoranturada ta’lim oluvchilarning kirish imtihonlari natijalarini majlis protokoli bilan rasmiylashtiradi va besh kun muddatda Kollegial organga tasdiqlash uchun kiritadi. Stajor-tadqiqotchilik va doktoranturada ta’lim oluvchi talabgorlar bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalari ham Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi.

(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Shu bilan birga, Kollegial organ qarorida tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qabul komissiyasi doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translatsiya) o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

26. Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi rahbari buyrug‘i bilan har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi.

(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar (konsultant bo‘lgan taqdirda) ham belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

27. Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va (yoki) doktoranturada o‘qishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultantlar tayinlangan holatlarda) to‘g‘risidagi ma’lumot:

(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi tomonidan — yuqori vazirlik, idora va tashkilotlarga har yili 10-dekabrgacha;

(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan — har yili 15-dekabrigacha Yagona elektron tizimga kiritiladi.

(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

28. Stajor-tadqiqotchi va doktorant ilmiy rahbar va konsultant (konsultant tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi. Yakka tartibdagi reja stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oyda Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi va Yagona elektron tizimga yuklanadi.

(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

29. Ilmiy rahbar doktorant uchun ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqadi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul qilingandan boshlab bir oy muddat ichida Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.

Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik bo‘yicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida o‘zlashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

30. O‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab:

stajor-tadqiqotchilikda — tahsil oluvchi shaxslarga stajor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;

tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;

doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

31. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan kvotalarini hisobga olgan holda tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda ta’lim muassasasi uchun — “Ta’lim” sohasi bo‘yicha va ilmiy tashkilot uchun — “Fan” sohasi bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutadi.

(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda “OHTM” deb yuritiladi) qabul qilingan tayanch doktorant va doktorantlarning moddiy ta’minoti harbiy xizmatchilar uchun qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

32. Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.

(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Stajor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki ta’lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan stajor-tadqiqotchi va izlanuvchilar tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarning huquqiy vorisi etib belgilangan ilmiy va ta’lim tashkilotlarga o‘qishni davom ettirishlari uchun o‘tkaziladi.

(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

Oldingi tahrirga qarang.

33. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq malakaviy imtihonlarni topshirganlaridan keyin himoya qilishga qo‘yiladilar.

(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Oldingi tahrirga qarang.

34. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrug‘i bilan o‘qish muddatining qolgan davri (muddati) uchun ko‘zda tutilgan tegishincha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun to‘lovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 20 kun muddatda bir martalik beriladigan mukofot to‘lanadi.

(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

35. Ta’lim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlar tomonidan doktorant bilan olib borilgan ish umumiy o‘quv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir stajor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida har oyda to‘lanadi.

OHTMda ilmiy rahbarlar va konsultantlarga ish haqi to‘lovi tizimida OHTM mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Ilmiy tashkilotda ilmiy rahbarlar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq to‘lash har oyda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan tartibida har bir stajor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Fan” sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan, shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan doktorantlarning ilmiy rahbarlari va konsultantlarning mehnatiga haq to‘lash o‘qitish uchun kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

36. Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

37. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi.

(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4-bob. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish

(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

38. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:

magistr yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;

belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar;

Oldingi tahrirga qarang.

(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

39. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

40. Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.

(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

41. Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Oldingi tahrirga qarang.

42. Tibbiyot fanlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishda ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining Kollegial organi qarori bilan talabgordan klinik ordinaturani (magistraturani) tugatgandan so‘ng yoki ilmiy darajani olganidan so‘ng ilmiy, ilmiy-pedagogik yoki amaliy ish stajiga (ikki yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatda) ega bo‘lishi talab etilishi mumkin.

(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

43. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari Kollegial organ qarorlari bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Kollegial organ qarorida mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlanadi va ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant mehnatiga haq to‘lash shartlari belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

44. Talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha e’lon qilinadigan buyrug‘i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant bo‘lgan taqdirda) belgilanadi.

(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

45. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq tegishli ilmiy tashkilot va ta’lim muassasa tomonidan buyruq qabul qilinganidan so‘ng 5 kun davomida Yagona elektron tizimga kiritiladi.

(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(45-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(45-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

46. Mustaqil izlanuvchilar rasmiylashtirilganlaridan so‘ng bir oy muddatda ilmiy rahbar yoki konsultant (konsultant bo‘lgan taqdirda) bilan kelishgan holda yakka tartibdagi rejalarini Kollegial organda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadilar.

(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi rejasi tegishli ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi tomonidan Yagona elektron tizimga yuklanadi.

(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

47. Amaldagi barcha talablarni bajargan va dissertatsiyasini OAK talablariga muvofiq ravishda rasmiylashtirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladi.

(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

48. Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan olib boradigan ishi uchun haq mehnatga soatbay haq to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda to‘lanadi.

(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ta’lim muassasasida ilmiy rahbar yoki konsultant muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobdan oylik maosh olayotgan bo‘lsa, mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash uning umumiy o‘quv yuklamasi hajmiga kiritilishi mumkin.

(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Ilmiy rahbarlar va konsultantlarning xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash o‘qish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

49. Bir necha ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5-bob. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni to‘lov-kontrakt asosida tashkil etish

(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

50. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish va o‘qitish qonun hujjatlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga kirishga va ta’lim olishga haqlidir.

(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

51. To‘lov-kontrakt asosida oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirishda o‘qitish uchun, jumladan ilmiy rahbarlar va konsultantlar mehnatiga haq to‘lash, tadqiqotlar va eksperimentlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oladigan haq miqdori, shuningdek uni to‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi.

(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

6-bob. Izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi

Oldingi tahrirga qarang.

52. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, tizimda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha har yili kamida 1-marta monitoring olib boradilar.

Joylarga chiqqan holda monitoringni olib borish uchun ishchi guruh tuziladi, uning tarkibi tizimida ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari tarkibidan shakllantiriladi.

(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

53. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

Oldingi tahrirga qarang.

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

(53-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

(53-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;

(53-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

(53-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish;

(53-band “b” kichik bandining to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

v) o‘qishning uchinchi yilida:

Oldingi tahrirga qarang.

jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

(53-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.

(53-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

54. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

Oldingi tahrirga qarang.

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

(54-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;

Oldingi tahrirga qarang.

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;

(54-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza qilish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);

(54-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

Oldingi tahrirga qarang.

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot;

(54-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

v) o‘qishning uchinchi yilida:

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;

(54-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

dissertatsiya yoki avtoreferatni ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama etilganligi.

(54-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

55. Monitoring natijalari Kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan izlanuvchilarga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

56. Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta va undan ko‘p) izlanuvchilarning dissertatsiyalarini o‘z vaqtida himoya qilishni ta’minlamagan ilmiy rahbarlar va konsultantlar Kollegial organ qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy rahbarlik yoki konsultantlikdan chetlatilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

57. Kollegial organ tavsiyasi bo‘yicha izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar faoliyatining samaradorligini nazorat qilish Kollegial organ tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

7-bob. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar

(7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

58. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim talablarini bajargan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda davlat namunasidagi tegishli falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) diplomi beriladi.

(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari to‘g‘risida

MA’LUMOTLAR

F.I.O.

Tug‘ilgan yili

Ixtisoslik shifri va nomi,

dissertatsiya mavzui

Ilmiy darajasi,

ilmiy unvoni

Ish joyi va lavozimi

Keyingi

5 yilda ixtisoslik bo‘yicha asosiy ilmiy ishlari

(monografiya, maqolalar) ro‘yxati

             
             
             

Rahbar

         
 

(imzo)

 

(F.I.O.)

 

M.O‘.

         
           
 

Sana “____” ________ ____yil

     
                         

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
3-ILOVA

Falsafa doktori (PhD)
diplomining davlat namunasi
(tasviri)






O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri






O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI






SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan based on the decision of the scientific council at the

   

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

     

……………………………......................................................

……………..……......................................................

                 
               

huzuridagi ilmiy kengashining qaroriga asosan

hereby confers the scientific degree of

                 
               

……………………...................................................................

                             

DOCTOR OF PNILOSOPHY (PhD)

                 
               

…………………………….…………........ fanlari bo‘yicha

                             

in ................................................................................

                 
               

FALSAFA DOKTORI

                             

to ................................................................................

   

ilmiy darajasini berdi.

                             
                             

00 № 000000

Date:

,

, records

   

00 № 000000

Sana:

,

, -son bayonnoma

                             

Chairman

 

Chief Scientific
Secretary

   

Rais

     

Bosh ilmiy
kotib

                             
   

T a s h k e n t

Reg. №

     

T o s h k e n t

 

Qaydnoma

                               

 

Falsafa doktori diplomi

Falsafa doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
4-ILOVA

Fan doktori (DSc)
diplomining davlat namunasi
(tasviri)


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan based on the decision of the scientific council at the

   

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

     

……………………………......................................................

……………..……......................................................

                 
               

huzuridagi ilmiy kengashining qaroriga asosan

hereby confers the scientific degree of

                 
               

……………………...................................................................

                             

DOCTOR OF SCIENCES (DSc)

                 
               

…………………………….…………......................................

                             

in ................................................................................

                 
               

FANLARI DOKTORI

                             

to ................................................................................

   

ilmiy darajasini berdi.

                             
                             

00 № 000000

Date:

,

, records

   

00 № 000000

Sana:

,

, -son bayonnoma

                             

Chairman

 

Chief Scientific
Secretary

   

Rais

     

Bosh ilmiy
kotib

                             
   

T a s h k e n t

Reg. №

     

T o s h k e n t

 

Qaydnoma

                               

 

Fan doktori diplomi

Fan doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
5-ILOVA

Dotsent attestatining
davlat namunasi
(tasviri)


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan upon the recommendation of the souncil of the

   

O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

……………..……......................................................

   

……………………………......................................................

hereby awards the scientific title of

   

ilmiy kengashining tavsiyasiga ko‘ra

DOCENT

     

of….....………………………………………………

   

...................................................................................................
....................................................................................bo‘yicha

to.................................................................................

   

DOTSENT

               

ilmiy unvonida tasdiqladi.

     

00 № 000000

Date:

,

, records

   

00 № 000000

Sana:

,

, -son bayonnoma

                             

Chairman

 

Chief Scientific
Secretary

   

Rais

     

Bosh ilmiy
kotib

                             
   

T a s h k e n t

Reg. №

     

T o s h k e n t

 

Qaydnoma

                               

 

Dotsent attestati

Dotsent attestati yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa
o‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
6-ILOVA

Katta ilmiy xodim attestatining
davlat namunasi
(tasviri)


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan upon the recommendation of the souncil of the

   

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

     

……………………………......................................................

……………..……......................................................
hereby awards the scientific title of

   

ilmiy kengashining tavsiyasiga ko‘ra

SENIOR SCIENTIFIC RESEARCHER

   

................................................................................................... ....................................................................................bo‘yicha

of….....………………………………………………

   

KATTA ILMIY XODIM

to.................................................................................

   

ilmiy unvonida tasdiqladi.

     

00 № 000000

Date:

,

, records

   

00 № 000000

Sana:

,

, -son bayonnoma

                             

Chairman

 

Chief Scientific
Secretary

   

Rais

     

Bosh ilmiy
kotib

                             
   

T a s h k e n t

Reg. №

     

T o s h k e n t

 

Qaydnoma

                               

 

Katta ilmiy xodim attestati

Katta ilmiy xodim attestati yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
7-ILOVA

Professor attestatining
davlat namunasi
(tasviri)


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI



SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan upon the recommendation of the souncil of the

   

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

     

……………………………......................................................

……………..……......................................................
hereby awards the scientific title of

   

ilmiy kengashining tavsiyasiga ko‘ra

PROFESSOR

   

................................................................................................... ....................................................................................bo‘yicha

of….....………………………………………………

   

PROFESSOR

to.................................................................................

   

ilmiy unvonida tasdiqladi.

     

00 № 000000

Date:

,

, records

   

00 № 000000

Sana:

,

, -son bayonnoma

                             

Chairman

 

Chief Scientific
Secretary

   

Rais

     

Bosh ilmiy
kotib

                             
   

T a s h k e n t

Reg. №

     

T o s h k e n t

 

Qaydnoma

                               

 

Professor attestati

Professor attestati yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
8-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga kiritilayotgan

O‘ZGARTIRIShLAR

1. 1-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari, shuningdek 1, 2 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

2. 4-ilovada:

a) 6-bandda:

to‘rtinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi ishlariga hamda fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy, bundan buyon — PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, bundan buyon — DSc) ilmiy darajalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 7-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “ilmiy tashkilotlari” so‘zlari “oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi”;

to‘rtinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi” so‘zlari “tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy unvonini” so‘zlari “ilmiy darajalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi, yettinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “ilmiy darajalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalarining” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarning”” so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘ninchi, o‘n birinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n ikkinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “ilmiy daraja” so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n uchinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n beshinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi” so‘zlari “dissertatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 8-bandda:

to‘rtinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi, oltinchi, sakkizinchi, o‘n birinchi xatboshlardagi “fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 14-bandda to‘rtinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 15-bandda:

beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish bo‘yicha ilmiy kengashlar” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalari” so‘zlari “dissertatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

e) 16-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “doktorlik dissertatsiyalarining” so‘zlari “dissertatsiyalarning” so‘zi bilan almashtirilsin;

j) 17-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

z) 26-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“26. Taqdim etilgan dissertatsiyalarni, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ishini va attestatsiya o‘tkazishda talablarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqish, shuningdek OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlash uchun fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalaridagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlari tashkil etiladi.”;

i) 28-banddagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

k) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

l) 30-banddagi “Fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 396-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 22.07.2019-y., 09/19/606/3457-son, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)