Texnopark, bu — hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi.
Texnopark — mulk kompleksi boʻlib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznez markazlari, koʻrgazma maydonlari, taʼlim muassasalari, va shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari: transport vositalari, oʻtish yoʻllari, aholi yashaydigan qishloqlar va qoʻriqlash xizmatini oʻz ichiga oladi.
Xalqaro texnologik parklar assotsiatsiyasi innovatsion infratuzilma obyektini quyidagicha taʼriflaydi: texnopark, bu – tashkilot mutaxassislari tomonidan boshqariladi, uning asosiy maqsadi –innovatsion madaniyatni rivojlantirish orqali mahalliy aholi yashash farovonligini yaxshilash va innovatsion biznes va ilmiy tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun texnopark universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, kompaniyalar va bozorlar oʻrtasida axborot va texnologiyalar bilim oqimini boshqaradi va ragʻbatlantiradi. Yangi gʻoyalar yaratilishini osonlashtiradi va inkubatsiya jarayonlari orqali innovatsion kompaniyalarni yaratadi.
Texnoparklar asosan innovatsion gʻoyalar shakllanadigan joy. Biroq, texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari – yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platformadir, balki, noyob meʼmoriy loyihalar amalga oshiriladigan joy hamdir.