Samarqand Yoshlar texnoparki

Samarqand Yoshlar texnoparki
Hudud:
Samarqand viloyati
Manzil:
Universitet xiyoboni, 15-uy
Indeks:
140100
Telefon:
+998 (71) 203-32-23
E-Mail:
Web-sayt:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-sonli Qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Respublikamiz hududlarining markazlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish ishlari boshlangan.

2022-yil 15-aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik I.Abdurahmonov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda Samarqand davlat universiteti rektori, R.Xolmuradovlar ishtirokida Yoshlar texnoparkining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.


Tashkilotning vazifalari:

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;

Viloyatda yoshlarning tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish; Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududning innovatsion salohiyatini oshirish; Iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish; Ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish.

 Tashkilotning funksiyalari:

Samarqand viloyati yoshlarining tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion  faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va  innovatsion  ruhda ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlarga ega viloyatimizdagi yagona Markaz tashkil etish; Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy talablarga javob beradigan malakali  kadrlarni tayyorlash, shuningdek, viloyatimizni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish; Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va  ishlab chiqarish tashkilotlaridagi loyihalarning transferini Yoshlar texnoparki orqali amalga oshirish;

Texnoparkda viloyatimizdagi innovatsion  faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yetakchi tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni,  shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish; Hozirgi kunda juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va mahalliy mehnat bozori uchun ancha talab katta bo‘lgan zamonaviy kasblarga mahalliy yoshlarni o‘rgatish.

 Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

Iqtidorli kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. 109 nafar yoshlar mazkur loyihaning 5-mavsumi uchun qabul qilinib, 6 xil yo‘nalishlarda tashkil etilgan bepul o‘quv kurslariga jalb qilindi. Yoshlarning tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida viloyatdagi Kasb hunar va umum ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Kelajak kasblari” mavzusida bepul seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O’tkazilgan seminar-treninglarga 3112 nafar yoshlar jalb qilindi.

Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2-son zamonaviy kasblar o‘rgatishga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabi va Samarqand yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Samarqand Yoshlar Texnoparki “FabLab” prototiplash laboratoriyasi negizida 3 oylik “Muhandislar kasb maktabi” tashkil etildi. 20 nafar yoshlar Samarqand Yoshlar Texnoparkining “FabLab” prototiplash laboratoriyasida payvandlash, tokar ustasi, ChPU uskunasi operatorligi va injener konstruktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan 3 oylik kasb maktablariga ustoz-shogird shaklida qabul qilindi.  “InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Samarqand Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgan bo‘lib, dastur doirasida 16 ta startap loyihalar shakllantirildi.