Novoiy yoshlar texnoparki

Novoiy yoshlar texnoparki
Hudud:
Navoiy viloyati
Manzil:
Navoiy viloyati, Navoiy sh., Muruvvat MFY, G'alaba shoh ko'chasi, 11-uy
Indeks:
210100
Telefon:
+998973214884
E-Mail:
Web-sayt:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
22-maydagi 313-sonli Qarori
ga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Respublikamiz hududlarining markazlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish ishlari boshlangan.

2023-yil 27-iyun kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri, akademik I.Abdurahmonov, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi – bosh direktori, Q.Sanaqulovlar ishtirokida Yoshlar Texnoparkining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.


Tashkilotning vazifalari:

 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;

Viloyatda yoshlarning tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;

Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududning innovatsion salohiyatini oshirish;

Iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish;

Ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish.

 

Tashkilotning funksiyalari:

Navoiy viloyati yoshlarining tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion  faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va  innovatsion  ruhda ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlarga ega viloyatimizdagi yagona Markaz tashkil etish;

Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy talablarga javob beradigan malakali  kadrlarni tayyorlash, shuningdek, viloyatimizni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va  ishlab chiqarish tashkilotlaridagi loyihalarning transferini Yoshlar texnoparki orqali amalga oshirish;

Texnoparkda viloyatimizdagi innovatsion  faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yetakchi tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni,  shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;

Hozirgi kunda juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va mahalliy mehnat bozori uchun ancha talab katta bo‘lgan zamonaviy kasblarga mahalliy yoshlarni o‘rgatish.

 

Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

Iqtidorli kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. 58 nafar yoshlar mazkur loyihaning 5-mavsumi uchun qabul qilinib, 3 xil yo‘nalishlarda tashkil etilgan bepul o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Yoshlarning tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida viloyatdagi Kasb hunar va umum ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Kelajak kasblari” mavzusida bepul seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O’tkazilgan seminar-treninglarga 300 nafar yoshlar jalb qilindi.

Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida “Cipheredu” o’quv markazi va Navoiy Yoshlar Texnoparki o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Navoiy Yoshlar Texnoparki startap loyiha egalarini  o‘z g‘oyalarining prototiplarini tayyorlashlariga ko‘maklashish maqsadida texnoparkining ishlab chiqarish maydoni tarkibida tashkil etilgan “FabLab” (fabrication labaratory) prototiplash labaratoriyasidan foydalanish imkoniyati berildi

“InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Navoiy Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgan bo‘lib, dastur doirasida 15 ta startap loyihalar shakllantirildi.