Ma'lumotdan foydalanish shartlari

Foydalanuvchi ushbu Portalda joylashtirilgan ochiq ma'lumotlardan foydalana boshlashi bilan ma'lumotlardan foydalanish shartlariga o'z roziligini bildirgan hisoblanadi.

Foydalanuvchi ma'lumotlardan erkin, muddatsiz, tekinga va hududiy cheklovlarsiz foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, u ma'lumotlarni ko'paytirish, nashr etish, tarqatish, ko'rinishiga o'zgartirish kiritish va ularni boshqa ma'lumotlar bilan birlashtirish, ma'lumotlardan tijorat maqsadida foydalanish, dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish uchun foydalanish (shu jumladan takroran) huquqiga ega.

Ma'lumotlardan foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilinishi shart:

 - ma'lumotlardan faqat qonuniy maqsadlar uchun foydalanish;

 - ma'lumotlardan foydalanishda ularni buzib talqin etmayotganligiga ishonch hosil qilish;

 - ma'lumotlardan foydalanishda axborot manbaiga havola berish.

Foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlardan foydalanish shartlariga rioya etilmagan holatlarda foydalanuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy xatti-harakatlari uchun javobgar hisoblanadi. Portal, tashqi axborot resurslarida joylashtirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligiga, ularning tarkibidagi ma'lumotlarni yangilash davriyligiga javob bermaydi.

Havolalar bilan ishlash shartlari:

Biz O'zbekiston Respublikasi Milliy Ilmiy Portalida joylashtirilgan ma'lumotlarga havolalar qo'yilishiga qarshi emasmiz, bu haqida oldindan ruxsat so'rash ham talab etilmaydi. Shunga qaramay Portalda joylashtirilayotgan har qanday havolalar to'g'risida bizni ogohlantirib qo'yishingizni (qayta aloqa vostilari yordamida) iltimos qilamiz. Portaldan boshqa saytlarda “freym" sifatida foydalanish ruxsat etilmaydi. Portal foydalanuvchining brauzerida alohida sahifada to'liq va mustaqil ko'rinishda ochilishi lozim.

Boshqa veb-saytlarga havolalar:

Portal bo'limlarida davlat organlarining veb-sayt va portallariga olib o'tuvchi havolalarni topishingiz mumkin. Ushbu havolalar faqatgina ma'lumot xarakteriga ega bo'lib, sizning foydalanuvchi sifatida tajribangizni oshirish maqsadida taqdim etilgan. O'zbekiston Respublikasining Milliy Ilmiy Portali ushbu veb-saytlarda joylashtirilgan ma'lumotlarning mazmuni, davriyliligi, qulayligi, ishonchliligi, veb-saytlardagi xavfsizlik choralari yuzasidan javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi va ularda keltirib o'tilgan fikr mulohazalar yuzasidan betaraflikni saqlab qoladi. Biz ushbu havolalar doimiy ravishda ishlab turishiga va ular bog'lagan sahifalar mavjudligiga kafillik bera olmaymiz.