O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Territory:
Toshkent shahar
Type of organization:
Vazirlik
Address:
Mirobod ko`chasi, 15-uy
Postcode:
100100
Phone :
+998 71 239-41-21
Fax:
+998 71 239-41-51
E-Mail:
Website:
Research institutes in the presence::
2
Date of formation

2018-yil 31-dekabr

The purpose of the organization

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) aholi bandligi, mehnat migratsiyasi va mehnat munosabatlari sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy hisobvaraqlariga ega.

The mission of the organization

Quyidagilar Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi: mamlakat mehnat bozorining amaldagi holatini puxta tahlil qilish asosida hududlar bo‘yicha aholi bandligini ta’minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda samarali muvofiqlashtirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalar belgilash orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini ta’minlash, aholini jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilish, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yo‘l va uy-joy-kommunal infratuzilma obyektlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shahar va tumanlarni obod qilish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish orqali jalb qilish; ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa band bo‘lmagan yoshlarni iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish; boshqa vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirish choralarini ko‘rish; mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari, gender bo‘yicha tenglikka rioya etishni ta’minlash, band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor shart-sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular yuzasidan nazoratni amalga oshirish; ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol jalb qilish, shu jumladan “Yagona mehnat milliy tizimi” dasturiy kompleksini va vakansiyalar Milliy bazasini yaratish hamda muntazam rivojlantirish; bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorligining samarali mexanizmlarini shakllantirish; mehnat va bandlik sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishning nazorat qilinishini ta’minlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar ko‘rish; mehnatni normalashtirish va unga haq to‘lash, mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtirish; mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash; mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari yuzasidan aholi va ish beruvchilar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish; kam ta’minlangan oilalarga o‘z vaqtida nafaqa to‘lash va moddiy yordam berish yuzasidan monitoring olib borish, ularni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish va mehnatga yaroqli oila a’zolarining xususiy tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish orqali oilalarni kam ta’minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi dasturlar ishlab chiqish; tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uslubiy ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishda, ularni vataniga qaytarishda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek xorijiy ish kuchini jalb qilishga ruxsatnomalar va O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun xorijiy fuqarolarga tasdiqnomalar berish.

Brief description

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qarorini ijro etish, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish, vazirlik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish.

Xusanov Nozim Baxtiyorovich

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

+ 998 71 239-41-21

info@mehnat.uz

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirning birinchi o‘rinbosari

+ 998 71 239-41-21

info@mehnat.uz

Faculties 0
Number of professor teachers 0
Students 0
Bachelor's degree 0
Master's degree 0
Administrative staff 0
Senior researchers 0
Junior researchers 0
Laboratory assistants 0
Engineers and technicians 0
Members of the Academic Council 0
BACHELOR'S CONTINGENT
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
MASTER'S CONTINGENTS
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
Mexnat bozori tadqiqotlari instituti
Territory:
Tashkent city
Type of organization:
Ilmiy-tadqiqot instituti
Address:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Umid ko‵chasi, 16-uy
Postcode:
100016
Phone :
+(998 71) 236-00-55
Fax:
+(998 71) 236-00-55
Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Territory:
Tashkent city
Type of organization:
Ilmiy markaz
Address:
Qamarniso ko‘chasi, 37-uy
Postcode:
100109
Phone :
+998 71 214-89-31
Fax:
+998 71 214-89-31
E-Mail:
Website: