Toshkent moliya instituti — moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. 1931-yilda Toshkent shaharda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta fakultet (moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi.