O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida PF-6079-sonli farmonining 2-ilovasi 38-bandida “Mamlakatning ilmiy salohiyatiga oid barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan Milliy ilmiy portalni yaratish” nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy ilmiy portali – bu ilm-fan sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli ishlar borasida umumiy ma'lumotlar bazasini faoliyatini yulga qo'yish, statistik ma'lumotlarni yig‘ish, foydalanuvchilar uchun to‘liq ilm-fan sohasi to‘g‘risida eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirish hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.
• Ilmiy yangiliklarni portalga muntazam yuklab borish;
• Ilmiy loyihalar, patentlar, dissertasiyalar va fanga oid statistik ma'lumotlarni to‘plash;
• Mamlakatning barcha universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning moddiy-texnik bazasi haqida ma'lumotlarni shakllantirish;
• Respublika miqyosidagi dolzarb ilmiy yangiliklarni olib borish;
• Qulay va samarali tadqiqot blogini yaratish;
• O‘zbekiston Respublikasida himoyalangan ilmiy ishlar (dissertasiya, tezislar, doktorantlar, nomzodlar, PhD) to‘g‘risida yagona ma'lumotlar bazasini yaratish;
• Innovasiyalar va bank patentlari bilan ishlash imkoniyati;
• Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovasion loyihalar ma'lumotlar bazasini yaratish;
• Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar orasidan tanlab olingan eng samarali loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
• Chet el nashriyotlari bilan tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida ma'lumotlar bazasini yaratish;
• Rasmiy ilmiy ma'lumotlarni tarqatish va yetkazib berishda vaqtni kechiktirishni minimallashtirish;
• Foydalanuvchini qiziqtirgan bo‘limlarda yoki hujjatlarda (ma'lumotlarda) sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish va elektron xabar berish mexanizmlarini amalga oshirish;
• Axborot makonini shakllantirish va tizimlashtirishga yagona yondashuvni ta'minlash;
• Ma'lumotlarni qo‘lay va samarali qidirish imkoniyatlarini taqdim etish;
• Umumiy axborot resurslarini yaratish (yangiliklar, voqealar, asosiy ma'lumotlar, media-kontent);
• G‘oyalarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini yaratish.
• Ilm-fan haqida yagona ma'lumotlar bazasini yaratish;
• Milliy ilmiy portal doirasida mamlakatning ilmiy salohiyatiga oid barcha ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona akademik makon, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun arizalarni avtomatik tarzda topshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish modulini ishlab chiqish;
• Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish;
• Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ular ijrosining hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoring qilish modulini ishlab chiqish;
• Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy-tadqiqot institutlarining innovatsiyalar va ilmiy salohiyati bo‘yicha yagona tizimini yaratish;
• Fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investisiyalar va grantlarni jalb yetish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish;
• Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning yagona ma'lumotlar bazasini yaratish;
• Investorlar uchun arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali yuborish modulini ishlab chiqish;
• Portal foydalanuvchilari uchun interaktiv xaritada qiziqarli ma'lumotlar bazasini yaratish;
• O‘zbekistondagi texnoparklar hamda kovorking binolarida ijaraga joy olish imkoniyatini yaratish modulini ishlab chiqish;
• Texnologik xizmatlardan foydalanish modulini ishlab chiqish;
• Milliy ilmiy portalda innovasion ob'ektlar va ta'lim infratuzilmasi to‘g‘risida dolzarb ma'lumotlar olish hamda ularning hizmatlaridan foydalanish modulini ishlab chiqish;
• Innovasion biznesni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbuslar bilan tanishish modulini ishlab chiqish;
• Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy ilmiy portali rivojlanishda qaratiladigan quyidagi asosiy yo'nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi:
• Ma'lumotlar to‘plash, analiz qilish va ilmiy texnik axborotlarni baholash va tizimini ishlab chiqish;
• Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha hisobotlar to‘plash va tizimini ishlab chiqish;
• Fan doktorlari (DSc) va falsafa doktorlari (PhD) ma'lumotlarni to‘plash va bazasini yaratish;
• O‘zbekistoning ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar bazasi shakllantirish;
• Intellektual mulk uchun patentlar bazasi shakllantirish.