Ro'yxatga olish jarayoni

Ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq o'qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to'g'risida e'lon berish jarayoni har yilning 1-Sentabridan boshlanadi.

Yagona elektron tizim orqali hujjatlarni qabul qilib oluvchi mas'ullarni belgilash jarayoni Sentabar oyining 15-chisiga qadar davom etiladi.

Yagona elektron tizimda ro'yxatdan o'tish uchun tegishli ma'lumotlarni kiritish va hujjatlarning elektron nusxasini yuklash jarayoni 10-oktabrgacha davom etadi.

15-Oktabrgacha Yagona elektron tizimga o'qish uchun talabgorlar tomonidan kiritilgan tegishli ma'lumotlar va yuklangan hujjatlarni belgilangan tartibda ko'rib chiqish va qabul qilinganini tasdiqlash jarayoni bo'lib o'tadi.

25-Oktabrgacha O'qish uchun talabgorlarning imtihon va suhbatni o'tkazish grafigini to'ldirish va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlaniladi.

O'qish uchun talabgorlarning imtihon va suhbat natijalarini Yagona elektron tizimga kiritish jarayoni 25-noyabrgacha bo'lib o'tadi.

2-Dekabrgacha Kollegial organning o'qishga qabul qilinganlar to'g'risida qaror asosida Yagona elektron tizimdagi har bir talabgor bo'yicha ma'lumotlarni to'ldirish.

O'qishga qabul qilganlar bo'yicha Kollegial organ qarori va tashkilot rahbarining buyruq nusxasini Yagona elektron tizimga yuklash 5-dekabr kuni amalga oshiriladi.

Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va/yoki doktoranturada o'qishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari yoki konsultantlari to'g'risidagi ma'lumotlarni Yagona elektron tizimga yuklash. 15 dekabrga qadar davom etadi.

31-Yanvarga qadar Yagona elektron tizimda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritiladi.

Stajor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasini Yagona elektron tizimda ERI bilan tasdiqlash 1-Fevral kuniga tog'ri keladi.