“Horizon Europe” — Yevropa Ittifoqining 2021-2027-yillarga moʻljallangan 95,5 milliard yevrolik tadqiqot va innovatsion grand dasturi boʻlib, Horizon 2020 dasturining davomi hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar Horizon Europe eng yirik tadqiqot va innovatsion dastur boʻlib kelmoqda. Horizon Europe ishchi dasturi Yevropa Ittifoqining 2021-2024-yillarga moʻljallangan tadqiqot va innovatsion ustuvorliklarini belgilash uchun 2021-yil mart oyida qabul qilingan Horizon Europe strategik rejasiga asoslanadi. Moliyalashtirishning katta qismi ishchi dasturlarda belgilangan tanlov takliflari asosida ajratiladi.
2021-yil boshidan dasturning fevral oyida Horizon Europe Komissiya doirasida birinchi Yevropa tadqiqot kengashi chaqiruvlarini va mart oyida Yevropa innovatsion kengashining yangi moliyalashtirish imkoniyatlarini ishga tushirdi. Bundan tashqari, aprel oyida koronavirus variantlari boʻyicha tadqiqot va innovatsiyalar uchun 123 million yevroni safarbar qildi. Shuningdek, boshqa birinchi takliflar 22-iyun kuni Komissiyaning Moliyalashtirish va tender oʻtkazish portalida yoʻlga qoʻyiladi. 23 va 24-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Yevropa tadqiqot va innovatsiya kunlari siyosatchilar, tadqiqotchilar, innovatorlar va fuqarolar oʻrtasida Horizon Europe mavzusini muhokama qilish rejalashtirilgan. Horizon Europe ning dasturiga asosan salohiyatli izlanuvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” 28-iyundan 9-iyulgacha davom etadi.