Milan Politexnika Universiteti (PoliMi) va Turin Politexnika Universiteti (PoliTo) o‘rtasida qo‘shma korxona sifatida tuzilgan Alta Scuola Politecnica(ASP) Laurea Magistrale PoliTo va PoliMi kurslari bilan bir qatorda boshqariladigan muhandislar, me’morlar va dizaynerlar uchun ilg‘or dasturdir.
Alta Scuola Politecnica arxitektura yo‘nalishlarning magistratura bosqichida o‘qish uchun barcha millat vakillari uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni taklif etadi. ASP ta’lim dasturi ikki elementdan: keng ko‘lamli kurslar va real muammolarga yo‘naltirilgan hamda PoliMi va PoliTo professorlari tomonidan kompaniyalar, davlat boshqaruvi va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda taklif qilingan keng ko‘lamli kurslar va ko‘p tarmoqli loyihalardan iborat.
Dasturning mazmun-mohiyati kontekstualizatsiya va muammoning murakkab tomonini, shuningdek, muhim muammolarni turli nuqtai nazardan hal qilish qobiliyatini shakllantirishdir. Kurslar ma‘ruzalar, mahorat darslari va guruh muhokamalaridan iborat bo‘ladi.
Tanlangan nomzodlar o‘qish to‘lovidan ozod qilinish bilan birga ASP o‘quv dasturiga muvofiq va yillik moliyaviy imkoniyatlarga ko‘ra, o‘z loyihalarining faoliyati uchun moliyaviy yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi: