O'zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi tashabbuskor shaklda barcha fan yo'nalishlar bo'yicha o'tkaziladi.
Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o'tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy tashkilotlar Turkiya Respublikasidan birgalikda “loyihani amalga oshirish bo'yicha hamkor” sifatida ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishishlari va mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.
Tanlovga faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalari bo'yicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
Tanlov shartlari 1, 2.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2023 yilning 31 yanvariga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:
ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo'llanma xat (pdf);
ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko'chirma (.pdf);
amaliy yoki innovasion loyiha matni (imzo va muhr qo'yilgan holda, pdf va doc/docx).
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l qo'yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to'liq asoslanganligi va so'ralgan mablag'larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to'g'ri hisob-kitob qilinganligi bo'yicha dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.
Elektron ro'yxatdan hamda dastlabki texnik ekspertizadan o'tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovasion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so'ng to'liq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma'lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g'oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to'la va o'z vaqtida sifatli www.grant.mininnovation.uz bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar www.grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovlar natijalarni aniqlash bo'yicha interfaol xizmat” sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha Innovasion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (242), +998-71-203-32-23 (540)