💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari:
➖ Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim;
➖ Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot bilan birgalikda shakllantirilmagan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
➡️Arizalar joriy yil 1-iyungacha qabul qilinadi.
☝️Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!
📞Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32 (ichki raqam 242).