E'lon 05.05.2023 65 Tugash sanasi: 01.06.2023

Tongarewa Scholarship dasturi — bakalavr yoki magistraturani Yangi Zelandiyada o'qish uchun 10,000 AQSH dollarigacha grant. Barcha yo'nalishlar mavjud!

Umumiy maʻlumotlar

Vellington Viktoriya universiteti (The Herenga Waka — Victoria University of Wellington) xalqaro talabalarga har yili 5,000 AQSH dollaridan 10,000 AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda grant va stipendiyalar ajratadigan Tongarewa Scholarship dasturini taklif etadi. Ushbu grant dasturining maqsadi — xalqaro talabalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

Tongarewa Scholarship dasturi taklif etadigan grant qisman boʻlib, u bir yillik oʻqish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladi.

Nomzodlar bakalavriatning birinchi kursi yoki bir yillik magistraturaga toʻliq ravishda oʻqish uchun (full-time) qabul qilingan boʻlishi kerak.

Ajratiladigan grant miqdorini aniqlashda akademik yutuqlarga eʼtibor beriladi.

Grant dasturiga bir yilda uch marta arizalar qabul qilinadi. 2023-yil qabul muddatlari: 1-iyun; 1-sentabr; 30-noyabr.

Vellington Viktoriya universiteti “QS World University Rankings” reytingida dunyodagi 18 000 ta universitetning eng yaxshi 300 taligiga kiradi.

Vellington Viktoriya universiteti (The Herenga Waka — Victoria University of Wellington haqida batafsil orqali oʻqish mumkin.

Vellington Viktoriya universiteti (The Herenga Waka — Victoria University of Wellington haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.


Hujjat topshirish


Grant dasturida qatnashish uchun onlayn ariza shaklini toʻldirish talab etiladi;

Ariza shaklini toʻldirish uchun, avvalo, talaba hisobi (Student account) ochilishi kerak;

Talaba hisobini ushbu havola orqali ochish mumkin. Hisob ochishda ikki xil hisob nomi chiqadi — Xodimlar hisobi (Staff account) va talaba hisobi (Student Account). Xalqaro talabalar talaba hisobini tanlashi kerak.

Onlayn ariza shaklining bir qismi sifatida quyidagi hujjatlar yuklanishi talab etiladi:


500 tagacha soʻzdan iborat shaxsiy bayonot (Personal statement), unda nomzod nima uchun Vellington Viktoriya universitetida oʻqishni xohlayotgani, akademik maqsadlari va nima uchun grantga loyiqligini ifodalashi lozim. Shuningdek, shaxiy bayonotda maktab yoki jamoadagi darslardan tashqari mashgʻulot va rahbarlik qobiliyatlarini (leadership skills) ham koʻrsatishi kerak,

Toʻliq akademik transkript (Baholar) va mutaxassisligiga bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.

Vellingtondagi Viktoriya universitetidan taklif xati (an offer of place) Taklif xati shartli yoki shartsiz boʻlishi mumkin.

Vellington Viktoriya universiteti talabasi ekanligini tasdiqlovchi ID.

Eslatma: odatda ushbu dasturga arizalarni qabul qilish dedlayndan bir oy oldin boshlanadi.


Grant dasturiga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Batafsil ushbu havoloda.